Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan o‘limlar statistikasi to‘xtatiladi va qayta ko‘rib chiqiladi — Buyuk Britaniya

Koronavirusdan o‘limlar statistikasi to‘xtatiladi va qayta ko‘rib chiqiladi — Buyuk Britaniya

Foto: «Profil»

Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash departamenti qoshidagi agentlik koronavirusdan o‘lim holatlarini noto‘g‘ri hisoblayapti. «Reuters» xabariga ko‘ra, mamlakat olimlari va hukumati shunday xulosaga kelishgan.

Xususan, bu yerda gap kunlik o‘lim holatlari va yangi aniqlanayotgan kasalliklar statistikasi haqida bormoqda.

Britaniya hukumatiga mamlakatdagi virusdan kasallanish bo‘yicha ko‘rsatkichlar ko‘plab mamlakatlardagidan yomonroq tuyulmoqda. Hukumat raqamlar kattalashtirib ko‘rsatilyapti, degan gumonda.

Shu boisdan Agentlik (PHE) hukumatdan ma’lumotlarni hisoblash usulini qayta ko‘rib chiqish topshirig‘ini oldi. Yangi usul kuchga kirguniga qadar, Buyuk Britaniyaning koronavirus bo‘yicha statistikasi to‘xtatib turiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring