Koronavirusdan o‘lim xavfini 6 karra oshiradi: Grippdan ehtiyot bo‘ling!
Avval gripp, so‘ngra koronavirusni yuqtirib olish bemorning o‘lim xavfini 6 karra oshiradi. Liverpul universiteti olimlari shunday xulosaga kelishgani haqida «bioRxiv» xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ikki guruhga ajratilgan sichqonlarda tajriba o‘tkazilgan. Birinchi guruhga koronavirus, ikkinchi guruhga navbati bilan gripp va koronavirus yuqtirilgan. Ikkinchi guruhdagi jonivorlarda kasallik og‘ir kechgan.
«Garchi ketma-ket kasallik yuqtirilgan sichqonlarda RNK SARS-CoV-2 sintezi ancha past kuzatilgan bo‘lsa-da, ular tezroq vazn yo‘qotib, o‘pkasiga ko‘proq zarar yetgan, birinchi guruh yoki nazoratdagi sichqonlarga qaraganda tug‘ma reaksiyasi cho‘zilib ketgan», — deyiladi ilmiy maqolada. Tadqiqot mualliflaridan biri Jeyms Styuartning fikricha, odamlarda ham xuddiy shunday bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi guruh sichqonlarida o‘lim ko‘rsatkichi birinchi guruhdagiga nisbatan 6 karra ko‘payib ketgan. Ikki xil virusning bir organizm uchun kurashi alaloqibat inson salomatligini xavf ostiga qo‘yadi, deyishmoqda olimlar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter