Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan o‘lgan pensioner «tirilib keldi» (video)

Koronavirusdan o‘lgan pensioner «tirilib keldi» (video)

Skrinshot

Rossiyaning Kemerovo viloyatida koronavirus bilan bog‘liq g‘alati voqea yuz berdi. Koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etgan va qarindoshlari tomonidan dafn etilgan bobo, bir haftadan keyin ma’lum bo‘lishicha, tirik ekan. Aniqrog‘i, uning o‘rniga boshqa odamning jasadini ko‘mib yuborishgan. Bu haqda «Vesti. Kuzbass» xabar berdi.

«Marhum»ning nevarasi aytishicha, nogironlar internatida yashab kelgan boboni koronavirusni yuqtirganlikda gumon qilib avgust oyida kasalxonaga yotqizishgan. Keyin qarindoshlariga joni uzilgani haqida xabar yetkazilgan.

Kovid oqibatida vafot etgani uchun jasadni qarindoshlariga ko‘rsatishmagan — yopiq tobutda ko‘mishgan. Hafta o‘tib internatdan boboning tirikligi haqida xabar yetib keladi. Qarindoshlar bobo «narigi dunyodan qaytib kelganiga» faqat internatga borishganidan keyin ishonishdi...

Ammo ular kimni ko‘mishgan, shu narsa mavhum hozircha. Kasalxonaga internatdan bobo bilan birga yana bir bemorni olib kelishgan, biroq kimligini hech kim bilmaydi. Shoshilinchda hammasi chalkashib ketgan... Voqea yuzasidan jinoiy ish ochilgani aytilmoqda.

Qabr tepasidagi xochga o‘rnatilgan yozuv va fotoni esa olib tashlashdi...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring