Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan davolanish million dollarga tushdi

Koronavirusdan davolanish million dollarga tushdi

Skrinshot

AQShda koronavirusdan davolanish 70 yoshli amerikalikka bir million dollarga tushdi, deb xabar berdi «Rossiya 24».

U kasalxonada ikki oy yotdi, shuning teng yarmida o‘pkani sun’iy ventilyasiyalash qurilmasiga ulab qo‘yishgandi.

Kasalxona taqdim etgan 180 sahifali to‘lov qog‘ozi naq bitta kitobdek keladi. Sug‘urtasi buncha pulning necha foizini qoplaydi, hozircha noma’lum.

AQShda, agar bemor sug‘urtalangan bo‘lsa, koronavirusdan davolanish 40 ming dollardan kam bo‘lmaydi, polisi yo‘qlar esa ikki hissa to‘lashlariga to‘g‘ri keladi — kamida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring