Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusda aspirin yordam beradi

Koronavirusda aspirin yordam beradi

Foto: «Polsov.com»

AQShda Merilend universiteti olimlari aspirin COVID-19 bemorlari orasida o‘lim darajasini kamaytirishda hamda og‘ir asoratlarga qarshi kurashishda foydali bo‘lishi mumkinligini aniqladilar. Ilmiy ish natijalari «Anesthesia and Analgesia» jurnalida chop etildi.

Tadqiqotda koronavirusning turli darajadagi alomatlari bilan shifoxonada davolanayotgan 412 nafar bemor qatnashdi. 314 kishi aspirin qabul qilishmadi, qolgan 98 nafari esa shifoxonaga tushgandan so‘ng yoki shifoxonaga yotishdan 7 kun oldin 24 soat davomida isitma tushiruvchi dori ichishdi. Olimlar aspirinning o‘pkani sun’iy ventilyasiya qilish apparatiga ehtiyoji, reanimatsiya va o‘lim darajasiga ta’sirini tahlil qilishdi.

Buni qarangki, aspirin qabul qilgan guruhdagi bemorlarning 35,7 foizi o‘pkani sun’iy ventilyasiya qilish apparatiga ehtiyoj sezishgan. Preparatni qabul qilmaganlarning esa 48,4 foizi ushbu apparatdan foydalanishga majbur bo‘lishgan. Shuningdek, aspirin reanimatsiyaga zaruratni 12,2 foizga kamaytirgan. Tashqi omillarga moslashgandan so‘ng tadqiqotchilar aspirin qabul qilish bilan shifoxonada o‘lim darajasi va og‘irlar alomatlar rivojlanish ehtimoli o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdi.

Biroq olimlarning ta’kidlashicha, COVID-19 bemorlarida aspirin qabul qilish bilan o‘pkaning shikastlanishi va o‘lim ko‘rsatkichi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rnatish uchun randomizatsiyalangan nazorat tekshiruvini o‘tkazish kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring