Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus yuqtirganlar soni 18taga yetdi - SSV

Koronavirus yuqtirganlar soni 18taga yetdi - SSV

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekistonda yana uch nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. 

Bundan bir muddat oldin Fransiyada bo‘lib qaytgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangandi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, uning onasi, kelini va birga ishlaydigan hamkasbida ham ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan. 

Har uch fuqaro ham shu vaqtgacha tibbiy nazoratda bo‘lgan. Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 18 nafarga yetdi, deya xabar qildi SSV Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi. 

Biroz avval prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab xalqqa murojaat qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring