Koronavirus xotirani yo‘qotishga olib kelishi mumkin: olimlar yangi ma’lumotni oshkor qildi
AQShdagi Klivlend klinikasi olimlari koronavirus yangi shtammlarida inson miyasi faoliyatiga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatadigan funksiyani kashf etdilar. Bu haqda tibbiyot markazining xabarida aytilgan.
Olimlar Alsgeymer kasalligi va COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning ma’lumotlarini o‘rgandi. Buning uchun sun’iy intellektdan foydalanib, kasallikning bemorlar genlari va oqsillari o‘rtasidagi yaqinlikni o‘lchadilar.
Shuningdek, ular miya to‘qimalari va hujayralarini SARS-COV-2ni yuqtirishga imkon beradigan genetik omillarni o‘rganishdi.
Shunday qilib, mutaxassislar virus va ko‘plab nevrologik kasalliklar, asosan Alsgeymer kasalligi bilan bog‘liq bo‘lgan genlar, oqsillar o‘rtasida yaqin aloqalarni aniqladilar. Shuningdek, COVID-19ning Alsgeymerga o‘xshash kasallikka olib kelishi mumkinligini aytilganyu
Koronavirusning yangi shtammlari Alsgeymer va xotirani yo‘qotish kabi kasalliklarni keltiruvchi bir nechta yo‘llar va genlarga ega, deyiladi tadqiqotda.
Avvalroq, koronavirus yuqtirgandan so‘ng xotira pasayishi mumkinligi bo‘yicha ham savolga javob berilgandi.
Xotirani tezroq oldingi holiga qaytarish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
- jismoniy mashqlar bilan shug‘ullaning. U miya faoliyatini tiklashga yordam beradi; kognitiv funksiyani tiklashga yangi qiziqishlar (xobbi), jumboq mashg‘ulotlar, so‘zli va raqamli o‘yinlar, xotirani tiklovchi mashqlar va kitob o‘qish yordam beradi;
- o‘zingiz uchun qilishingiz kerak bo‘lgan ishlarni soat nechada va qaysi kuni bajarishingiz haqida eslatib turish uchun turli xil eslatmalardan foydalaning;
- masalan, bajarilishi kerak bo‘lgan ishlaringiz ro‘yxatini tuzib yozing, turli eslatmalar va telefon tovushlaridan foydalanishingiz mumkin;
- rejalashtirilgan ishlaringiz murakkab va hatto imkonsiz bo‘lib ko‘rinmasligi uchun ularni alohida harakatlarga bo‘lishingiz kerak;
- vitaminga boy ovqatlar, meva-sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qiling.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter