Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: Xitoydan qaytgan Mo‘g‘uliston prezidenti karantinga olindi

Koronavirus: Xitoydan qaytgan Mo‘g‘uliston prezidenti karantinga olindi

Xaltmaagiyn Battulga.

Foto: «Akchabar»

Koronavirus sayyoramiz bo‘ylab yashin tezligida tarqamoqda. Bu balo-qazodan hatto yuqori lavozimli shaxslar ham chetda qolmayapti — Eronda ayollar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezident Ma’suma Ebtekar koronavirusga chalindi, «Aa.com.tr» xabariga ko‘ra, Mo‘g‘uliston prezidenti ham karantin ostida.

27-fevral kechasi Xitoydan qaytgan Mo‘g‘uliston prezidenti Xaltmaagiyn Battulga va uning hamrohlari 14 kunlik karantinga olingan.

Prezident va tashqi ishlar vaziri Bayanzurx tumanidagi kasalxonaga joylashtirilgan. Qolganlar Jargalantdagi sanatoriyda nazorat ostida bo‘ladi.

Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari hamda parlament a’zolaridan biri ham koronavirusni yuqtirgani tasdiqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring