Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus va karantin o‘smir qizlarning miyasini 4 yoshga qaritdi — tadqiqot

Koronavirus va karantin o‘smir qizlarning miyasini 4 yoshga qaritdi — tadqiqot

Foto: University of Washington I-LABS

Vashington universiteti olimlari PNAS jurnalida e’lon qilgan maqolada yozilishicha, koronavirus pandemiyasi va lokdaun (yoki karantin) oqibatida o‘smir qizlarning miyasi 4 yoshga qarigan.

O‘smirlarning miya tuzilmasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan narsa — lokdaun sharoitidagi qattiq tartib va u bilan bog‘liq ijtimoiy ihotalanish, ya’ni ta’bir joiz bo‘lsa «uy qamog‘i».

Tadqiqotda 9 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 150 nafar o‘smir qatnashdi.

Tahlil shuni ko‘rsatdiki, pandemiya ta’sirida inson miyasi yarim sharlari po‘stlog‘ida yupqalashish qayd etilgan, bu holat ayniqsa qizlarda yaqqol namoyon bo‘lgan. Nega aynan qizlarda? Chunki ular o‘z quvonch va tashvishlarini o‘rtoqlashish uchun tez-tez dugonalari bilan ko‘rishib turishlari kerak. Karantin esa bunga chek qo‘ygan.

Olimlarning fikricha, pandemiya cheklovlari sababli shartli ravishda o‘g‘il bolalarning miyasi 1,4 yoshga, qizlarning miyasi 4,2 yoshga ulg‘aygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring