Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus ustidan navbatdagi g‘alaba

Koronavirus ustidan navbatdagi g‘alaba

Foto: SSV

Poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 2 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, sog‘ayganlardan biri 19 yoshli qiz Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ikkinchi bemor esa Rossiyadan charter reys orqali Toshkentga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi aniqlangach, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. So‘nggi tekshiruvlar ushbu bemorlarda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.

Mazkur klinikada shu paytga qadar 27 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 29 nafarga yetdi.

Hozircha yurtimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 240 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring