Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: Tojikistonda ikkita o‘lim holati qayd etildi

Koronavirus: Tojikistonda ikkita o‘lim holati qayd etildi

Foto: «AP Photo»

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar orasida dastlabki ikkita o‘lim holati qayd etildi, deya xabar berdi mamlakat davlat televideniyesi yangiliklar dasturi sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga tayanib.

Tojikiston sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, koronavirus bilan kasallanish oqibatida mamlakatning ikki fuqarosi hayotdan ko‘z yumganligi rasman tasdiqlandi, 76 kishi COVID-19 ga chalingan.

«RIA Novosti»ning yozishicha, 2-may holatiga ko‘ra Tojikiston shifoxonalarida koronavirus belgilari aniqlangan 2782 kishi tibbiy kuzatuv ostida bo‘lgan. Oxirgi 24 soat ichida 217 nafar bemor tekshiruvdan so‘ng shifoxonadan chiqarilgan.

Avvalroq mamlakatda 32 ta koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati rasman qayd etilgani xabar berilgandi. Dushanbe hokimi Rustam Emomali qisqa vaqt ichida shahar hududida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar uchun 3 ming o‘rinli vaqtincha gospital tashkil etishga ko‘rsatma berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring