Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus sababli Chevrolet Equinox avtomobilini yetkazib berish kechikadi

Koronavirus sababli Chevrolet Equinox avtomobilini yetkazib berish kechikadi

Foto: Xabar.uz

Koronavirus epidemiyasi tufayli Xitoyda ishlab chiqariladigan ehtiyot qismlar yetishmovchiligi yuzaga kelib, jahonning ko‘pgina avtomobil zavodlari ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishdi.

Ushbu favqulodda vaziyat sabab Chevrolet Equinox avtomashinalarini yetkazib berish epidemiya bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarguniga qadar kechiktirilishi mumkin. Bu haqda UzAuto Motors matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Chevrolet Equinox avtomobili uchun shartnomalar tarqatilishi o‘tgan yilning 27 dekabridan UzAuto Motors kompaniyasining O‘zbekistondagi barcha dilerlik do‘konlarida boshlangan edi.

Kompaniya vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan. Odatiy rejimda yetkazib berishni qayta tiklash to‘g‘risida kompaniyaning rasmiy manbalarida xabar berilishi ma’lum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring