Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: Qozog‘istonning ikki shahrida bittadan o‘lim qayd etildi

Koronavirus: Qozog‘istonning ikki shahrida bittadan o‘lim qayd etildi

Foto: «RIA Novosti»

Qozog‘istonda koronavirus tufayli vafot etganlar soni 14 kishiga yetdi. O‘tgan bir kecha-kunduzda ikkita o‘lim holati qayd etildi, deya ma’lum qildi respublika sog‘liqni saqlash vazirligi Yeljan Birtanov.

Qozog‘istonda 1091 kishida koronavirus tasdiqlandi. 16 martdan beri mamlakatda favqulodda holat joriy qilingan.

«Ushbu virus tufayli o‘n to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumdi», — deydi Birtanov hukumat yig‘ilishida.

Favqulodda holat tartibini ta’minlash bo‘yicha Davlat komissiyasi tezkor shtabi ma’lumotiga ko‘ra, Nursulton va Chimkent shaharlarida bittadan o‘lim holati qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring