Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 13-aprel (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 13-aprel (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 13-aprel — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 30-kuni.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 12-aprel soat 23:00 holatiga, mamlakatimizda COVID-19ni yuqtirganlar jami soni 865 nafarga yetdi: 66 nafar bemor sog‘ayib ketgan, 4 nafari vafot etgan.

Bir sutkada 98 nafar yangi bemor aniqlandi.

«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus eng ko‘p tarqagan mamlakatlar — AQSh (550 ming), Ispaniya (166 ming), Italiya (156 ming), Fransiya (132 ming) va Germaniya (126,6 ming).

12-aprelning so‘nggi soatlarida (bizning vaqt bilan) dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 1.836.182 nafarga yetdi, shundan 113.248 nafari vafot etgan, 420.961 nafar bemor sog‘ayib ketgan.

Dunyoning 185 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.


Eslatma: ayrim raqamlar soniyasiga yangilanib turgan global manbalardagidan farqlanishi mumkin — koronavirus juda tez tarqamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring