Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 12-aprel (infografika)

Bugun, 12-aprel — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 29-kuni.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 11-aprel soat 23:00 holatiga, mamlakatimizda COVID-19ni yuqtirganlar jami soni 767 nafarga yetdi: 42 nafar bemor sog‘ayib ketgan, 4 nafari vafot etgan.
Bir sutkada 98 nafar yangi bemor aniqlandi.
«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus eng ko‘p tarqagan mamlakatlar — AQSh (522,3 ming), Ispaniya (161,8 ming), Italiya (152,3 ming), Fransiya (129,6 ming) va Germaniya (123,8 ming).
11-aprelning so‘nggi soatlarida (bizning vaqt bilan) dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 1.763.328 nafarga yetdi, shundan 107.703 nafari vafot etgan, 395.963 nafar bemor sog‘ayib ketgan.
Dunyoning 185 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.
Eslatma: ayrim raqamlar soniyasiga yangilanib turgan global manbalardagidan farqlanishi mumkin — koronavirus juda tez tarqamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter