Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus omad keltirgan Xitoy kompaniyalari

Koronavirus omad keltirgan Xitoy kompaniyalari

Foto: «New.mt5.com»

Xitoy dori-darmonlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi koronavirusga qarshi vaksinalarni klinik sinovdan o‘tkazishga ruxsat bergandan buyon Xitoyning «Chongqing Zhifei Biological Products Co.» farmatsevtika magnati aksiyalari 80 foizga oshdi. Kompaniya rahbari Szyan Renshen joriy yilda 14,4 milliard dollar boylik orttirdi, deb yozadi «Bloomberg».

Yiliga 256 foiz o‘sishga erishgan «Zhifei» aksiyalari tarkibiga innovatsion va yuqori texnologik kompaniyalar kiruvchi «ChiNext» indeksida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Renshenning boyligi birgina iyulning o‘zida qariyb ikki baravar ko‘payib, 19,4 milliard dollarga yetdi. U dunyodagi eng badavlat 500 ta odam orasida mablag‘i eng tez o‘sgan tadbirkor hisoblanadi.

Uning kompaniyasi gripp va meningit kabi kasalliklarga qarshi vaksinalarni sotadi. Korporatsiyaning sof daromadi 2020-yilning dastlabki olti oyi davomida 1,5 milliard yuanni (143 million dollar) tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 30 foiz ortiq. Hatto, «Zhifei»ning sobiq direktori Vu Guanszyan firmaning bor-yo‘g‘i 8 foiz aksiyalariga egalik qilsa-da, mablag‘ini 4,5 milliard dollargacha yetkazib oldi.

Bu yil koronavirus tarqalgani bois ko‘pgina dori ishlab chiqaruvchilarning aksiyalari osmonga ko‘tarilib ketdi. Misol uchun, COVID-19ga testi AQSh dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan «Beijing Wantai Biological Pharmacy Enterprise Co.»ning qimmatbaho qog‘ozlari aprel oyida 30 baravarga oshgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring