Koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxanda yetti kishi pichoqlandi
Xitoyning Uxan shahrida (Markaziy Xitoy, Xubey provinsiyasi) erkak kishining pichoq bilan hujum qilishi oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi yaralandi. Bu haqda seshanba kuni Uxan politsiya boshqarmasi xabar bermoqda.
Hodisa Saydyan hududida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, 39 yoshli Gao ismli fuqaro besh kishini pichoqlagan, yana bir kishini jarohatlagan. So‘ngra huquqbuzar qochishga tushgan va yo‘lida duch kelgan yana ikki yo‘lovchini o‘ldirgan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, jinoyatchi shundan keyin ko‘prikdan Yanszi daryosiga sakragan.
Hozirda qotillikda gumon qilinayotgan shaxs yoki uning jasadi qidirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter