Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus eng kuchli grippdan besh baravar xavfli — isroillik mutaxassis

Koronavirus eng kuchli grippdan besh baravar xavfli — isroillik mutaxassis

Foto: «RBK-Ukraina»

Koronavirus infeksiyasi hatto eng kuchli grippdan ham ancha xavfli, xususan, o‘lim holatlari besh baravar yuqori. Bu haqda Tel-Avivdagi yuqumli kasalliklarni davolash tibbiyot markazi yetakchi mutaxasissi Yevgeniy Kachman «RBK-Ukraina»ga intervyusida ma’lum qildi.

25 yillik ish tajribasiga ega mutaxassis yangi virusga beparvo bo‘lmaslikka chaqirmoqda.

«Biz shifokorlar faktlar bilan ishlab o‘rganganmiz. Mana sizga fakt: mavsumiy gripp oqibatida, u hatto eng kuchlisi bo‘lsa ham, kasallar o‘rtasida o‘lim holatlari 1 foiz nari-berisida kuzatiladi. Kovidga chalinganlarda esa bu ko‘rsatkich besh baravar yuqori», — dedi isroillik shifokor.

Mutaxassis tushuntirishicha, koronavirusdan farqli ravishda odatiy grippda butun organizmda zararlanishlar kuzatilmaydi. Vrachlar anchadan beri bunaqa holatni (koronavirusdagi kabi) kuzatishmagandi, dedi u.

«Gripp bilan kasallanganlarni davolashda tajribam katta, menga ishonavering, koronavirus butunlay boshqa kasallik, ehtiyot bo‘ling! Eng katta muammo koronavirus poliorgan yetishmovchiligini keltirib chiqarishi: o‘pkalar bilan birga yurak, tomirlar, buyraklar, bosh miyaga shikast yetkazishi mumkin», — eslatib o‘tdi Kachman.

Eski kasalliklar va immunitetga qarab kovid har bir bemorda turlicha kechishi mumkin.

«Muayyan xavf guruhlari bor, kasallikning qay tariqa kechishini insonning yoshi, immuniteti holati, qator surunkali kasalliklar belgilab beradi. Ko‘pincha qator kasalliklarning umumlashmasi COVID-19ning og‘ir formasiga olib kelmoqda. Bular — nafas yo‘llari xastaliklari, diabet, yuqori qon bosimi, barcha metabolik va immun kasalliklari», — qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring