Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat ayanchli tus olmoqda

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat ayanchli tus olmoqda

Foto: «Photo.boltai.com»

Dunyo bo‘yicha ikkinchi kundirki ketma-ket COVID-19 bilan kasallanishlar soni bo‘yicha rekord qayd etilmoqda, deya ma’lum qildi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti.

O‘tgan bir kecha-kunduzda sayyoramizda 350 766 kishi COVID-19ga chalindi. Bu bir kun oldingi ko‘rsatkichdan qariyb 12 mingta ko‘p — kecha 338 779 ta koronavirus holati qayd etilgani haqida ma’lumot bergandik.

Eng ko‘p kasallanish holati Hindiston (70 496) bilan AQSh (52 458)da kuzatildi.

Pandemiya boshlangandan buyon 36,3 million kishi koronavirusni yuqtirib oldi, 1 milliondan ortiq kishi yangi kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring