Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Koronatanaffus»: dunyoning «o‘lim xaritasi»

«Koronatanaffus»: dunyoning «o‘lim xaritasi»

Xarita: «Reddit»

AQSh milliy xavfsizlik kengashi har yili dunyo mamlakatlaridagi o‘limlar statistikasini tuzib boradi, qaysi sabab qaysi mamlakatda eng ko‘p o‘limga olib kelishini shundan bilib olsa bo‘ladi.

Statistika tinmay yangilangani bilan umumiy manzara deyarli o‘sha-o‘sha. Hatto 2020-yildagi koronavirus pandemiyasi ham deyarli ta’sirini o‘tkazgani yo‘q (hozircha va bunga umid qilamiz).

«Reddit» foydalanuvchilari ana shu statistikalardan xarita tuzishdi.

Ko‘rib turganingizdek, xarita deyarli qip-qizil — Yevropa to‘liq, Osiyoning katta qismi, har ikki Amerika (deyarli), Afrikaning «tepa qismi», Avstraliya va Okeaniyada o‘limlarning asosiy sababi yurak ishemik kasalliklari, umuman, yurak-qon tomir tizimidagi buzilishlar.

Xitoy, ikkala Koreya, Myanma, Vetnamda — insult, Meksikada — diabet, Peruda — pnevmoniya.

Afrikada esa sabablar xilma-xil: Janubiy va Markaziy Afrikadagi o‘limlar ortida asosan OITS turibdi; Angola, Kongo, Kamerunda — tuberkulyoz, Keniyada — oshqozon-ichak kasalliklari, Somali, Uganda, Chad, Niger, Nigeriya va Beninda — gripp va pnevmoniya.

Suriyaning «birinchi raqamli muammosi»ni hal etish uchun shifokorlarmas, oqil siyosatchilar kerak: bu yerdagi o‘limlarning asosiy sababi — urush.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring