Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koreyadan turib, Suriyadagi jangarilarga pul jo‘natgan shaxsga hukm o‘qildi

Koreyadan turib, Suriyadagi jangarilarga pul jo‘natgan shaxsga hukm o‘qildi

Videodan kadr.

2014-yilda Koreyaga borib, 2018-yilning o‘rtalarida internet tarmog‘i orqali xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlar g‘oyaviy ta’sirida aqidaparastlik mazmunidagi materiallarni atrofdagilarga tarqatgan 29 yoshli fuqaro qo‘lga olindi.

U 2021-2022-yillar davomida o‘zi va boshqa maslakdoshlarining jami 24 mln so‘m miqdoridagi mablag‘larini «moliyaviy jihod» sifatida xalqaro pul o‘tkazmalari va elektron ilovalar orqali Suriyadagi jangarilarga yuboradi.

DXX va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur shaxsning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi tomonidan u Jinoyat Kodeksining 244-1, 244-2 va 155-3-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring