Koreyada ishlash uchun test topshirganmidingiz? Natijalari chiqdi
Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun koreys tilidan 2018-yil 5-16-mart kunlari test sinovlari o‘tkazilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida imzolangan «Bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha ishchi kuchini Koreya Respublikasiga yuborish to‘g‘risida»gi Memorandumga muvofiq, test sinovlarida qatnashgan fuqarolar to‘g‘risida Koreyaning inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan taqdim qilingan ro‘yxat bilan mazkur havola orqali tanishib olishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter