Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘p pul topish yo‘llarini bilish uchun AKT vaziri bilan jonli muloqot (video)

Ko‘p pul topish yo‘llarini bilish uchun AKT vaziri bilan jonli muloqot (video)

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda yuqori daromad topmoqchi bo‘lsangiz, AKT vaziri bilan bo‘lib o‘tadigan onlayn tarzdagi ochiq muloqotda ishtirok etib, Sizni qiziqtiradigan barcha savollarga javob oling!

Bugun, 3 iyun kuni soat 10:00 da Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri bilan onlayn tarzda ochiq muloqot tashkil etiladi.

Ushbu muloqot davomida Siz o‘zingizni qiziqtirgan va qiynaydigan savollarga javoblar hamda o‘z faoliyatingiz davomida uchraydigan qiyinchiliklarning yechimini topishingiz mumkin.

Ochiq muloqot interaktiv shaklda o‘tkaziladi va har biringiz AKT vaziriga savol berib, o‘z tajribangiz bilan ulashishingiz va muammolarni muhokama qilishingiz mumkin.

Ochiq muloqot davomida:

  • Frilans platformalarida ishlashni boshlash;
  • Frilans platformalari orqali topilgan daromadini O‘zbekiston banklari orqali olish;
  • Muammolarni tezkor aniqlash va unga yechim topish mexanizmi;
  • Savol-javoblar bo‘lib o‘tadi.

Ochiq muloqotni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Facebook va Youtube’dagi sahifalari orqali kuzatish mumkin.

Shuningdek, ochiq muloqotni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining Facebook sahifasi orqali ham kuzatish imkoni mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring