Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kontrakt to‘lovlariga joriy etilgan soliq imtiyozlari haqida ma’lumot berildi

Kontrakt to‘lovlariga joriy etilgan soliq imtiyozlari haqida ma’lumot berildi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun kontrakt to‘loviga yo‘naltirilgan daromadlarga joriy etilgan soliq imtiyozlari borasida tushunmovchiliklar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi o‘z munosabatini bildirdi.

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandida jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlaridan o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandi yoki eri (xotini)ning ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan qismi daromad solig‘idan ozod etilishi belgilangan.

Soliq imtiyozlari O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun yo‘naltirilgan mablag‘larning, shu jumladan, ta’lim krediti va u bo‘yicha hisoblangan foizlarni qaytarish uchun yo‘naltirilgan mablag‘larning quyidagi qismlari bo‘yicha qo‘llaniladi:

  • soliq to‘lovchining yoshidan qat’i nazar o‘zining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar;
  • soliq to‘lovchining yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar;
  • soliq to‘lovchining yigirma olti yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring