Konstitutsiyaviy sud referendum bo‘yicha qaror chiqardi
Konstitutsiyaviy sud qarori (KSQ–4-son, 13.03.2023-y.) bilan:
— Qonunchilik palatasining 2023-yil 10-martdagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida»gi qarori Konstitutsiyaga muvofiq deb topildi;
— Konstitutsiyaviy Qonun loyihasida referendum predmeti bo‘lmaydigan masalalar mavjud emas, shuningdek, Konstitutsiyaviy Qonun loyihasini referendumga qo‘yish Konstitutsiyaga muvofiq deb hisoblandi;
— Konstitutsiyaviy Qonun loyihasini qabul qilish va referendumni tayinlash tartibiga rioya etilgan deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, ertaga Oliy Majlisi Senati referendum masalasini ko‘rib chiqadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter