Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflarni qabul qilish to‘xtatildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining joriy yil 15-iyul kuni o‘tkazilgan majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasining muddatini 2022-yil 1-avgustgacha uzaytirish haqida qaror qabul qilingan edi.
1-avgust soat 00:00 holatiga ko‘ra, umumxalq muhokamasiga takliflarni qabul qilish to‘xtatilgan. Bu haqda Konstitutsiyaviy komissiya matbuot xizmati xabar berdi.
Qonunchilik palatasining mas’ul qo‘mitalari xalqdan kelib tushgan takliflarni umumlashtirish, tahlil qilish va qonun loyihasini takomiliga yetkazish borasidagi faoliyatini davom ettirishini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter