Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Konstitutsiyaning teng yarimini o‘zgartish taklif etilmoqda

Konstitutsiyaning teng yarimini o‘zgartish taklif etilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Bugun «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yildi.

Loyihada jami 128 ta moddaning teng yarimi, ya’ni 64 tasini o‘zgartish va 6 ta yangi modda qo‘shish taklif etilmoqda. Ular orasida inson huquq va erkinliklari va ijtimoiy sohalarda juda muhim yangilanishlar bor.

Xususan, insonning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida qonunchilikda yuzaga keladigan, bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinadi (13-modda).

Huquqiy davlatda barcha munosabatlar aniq qoidalar bilan tartibga solingan bo‘lishi kerak. Hech bir munosabat huquqiy yechimsiz qolmasligi shart. Ammo, ijtimoiy munosabatlarning juda keng. Hayotda shunday vaziyatlar yoki holatlar vujudga kelishi mumkinki, davlat va inson o‘rtasidagi ayrim munosabatlarning yechimi qonunchilikda ko‘rsatilmagan yoki noaniqliklarga sabab bo‘lishi aniq. Mana shunday holatlarda muammo kimning foydasiga va qanday tartibda hal etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu o‘zgartirishlar eng avvalo inson qadrini ulug‘lash bo‘yicha ulug‘vor g‘oyaning amalga tatbiq etilishiga, hujjatlarda noaniqlik va qarama-qarshilik paydo bo‘lganda davlat manfaatlari emas, inson manfaatlari ustunligini ta’minlanishiga olib keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring