Kongoda qayiq ag‘darilib ketdi. Yana qurbonlar ko‘p
Kongo daryosida qayiq halokati 34 kishining umriga zomin bo‘ldi, deb xabar berdi «REGNUM».
Ma’lum bo‘lishicha, Kongo daryosida yo‘lovchilarni tashiydigan tagi yassi qayiq respublika poyxati Kinshasaga suzib ketayotganda ag‘darilgan.
Qutqaruvchilar 76 nafar yo‘lovchini va 34 nafar jasadni suvdan chiqarib olishdi.
Fojiaga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Biroq, mahalliy OAV xabariga ko‘ra, suvdagi halokat — mamlakatda noyob hodisa emas: ko‘pincha suv transportiga ortiqcha yuk ortish tufayli kelib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil may oyida Kongo demokratik respublikasidagi May-Ndombe ko‘lida kema halokati natijasida qariyb 45 kishi hayotdan ko‘z yumgandi. Taxminan 200 nafar yo‘lovchining jasadi haligicha topilmagan. Transport vositasi bortida jami 400 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter