Konslagerning 100 yoshli sobiq qorovuli sud qilinadi
Welt gazetasining yozishicha, 20 mingga yaqin odam halok bo‘lgan fashistlarning Zaksenxauzen konsentratsion lagerining sobiq qo‘riqchisi 100 yoshida sud oldida javob beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sud jarayoni shu yilning oktyabr oyida boshlanadi. Bu odam 1942-yildan 1945-yilgacha konslager qo‘riqchisi bo‘lib xizmat qilgan. Sud raisi Frank Stark nashrga xabar berishicha, ayblanuvchining o‘zi sud jarayonida kuniga 2-2,5 soatgacha qatnashadi. Nashrda qo‘riqchining ismi va aniq ayblovlar ko‘rsatilmagan.
Zaksenxauzen Berlin shimolida joylashgan. Konslagerda jami 200 mingga yaqin odam saqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter