Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Konsertdagi fojia (video)

Konsertdagi fojia (video)

Foto: «123ru.net»

AQShning Texas shtatida reper Trevis Skottning konsertida yuz bergan tiqilinch qurbonlari soni 9 nafar yetdi. Bu haqda qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga tayanib mahalliy KTRK televideniyesi xabar bergan.

5-noyabr kuni 50 mingga yaqin kishi ishtirok etgan Astroworld Festival festivalining ikki kunlik musiqa festivali ochilishi chog‘ida tiqilinch yuz berdi. Texas rasmiylari avvalroq 14 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan sakkiz kishi halok bo‘lgani, bir necha o‘nlab odamlar jarohatlangani haqida ma’lum qilgan edi. Shifoxonaga yotqizilganlar orasida bolalar ham bor.

«Oila advokati payshanba kuni u (jabrlanuvchi – tahr.) og‘ir jarohatlar tufayli kechasi vafot etganini ma’lum qildi», — deyiladi telekanal xabarida.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, marhumning ismi Bxarti Shahani bo‘lib, u 22 yoshda edi. Jabrlanuvchi oilasining ma’lum qilishicha, o‘limigacha u o‘pkani sun’iy ventilyasiya qilish apparatida bo‘lgan. Shifoxonaga yotqizilganidan ko‘p o‘tmay, uning miya faoliyati to‘xtagan.

Fox News telekanalining Trevis Skott bayonotiga tayanib xabar berishicha, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oilalari elektron pochta orqali shaxsan repper vakillaridan yordam so‘rashlari mumkin.

Astroworld Festival – Texasning Xyuston shahrida Trevis Skott tomonidan tashkil etilgan yillik musiqa festivali. Birinchi festival 2018-yilda bo‘lib o‘tgan. Bu yil festival 5-6-noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo fojiadan so‘ng tadbirning ikkinchi kuni bekor qilindi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring