Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kompyuter koronavirusi»: epidemiyalar haqidagi giperhavolalar nimasi bilan xavfli?

«Kompyuter koronavirusi»: epidemiyalar haqidagi giperhavolalar nimasi bilan xavfli?

Foto: «Kp.ua»

Xitoy koronavirusi internetni ham zaharladi, deb yozmoqda «Tom’s Guide». Yangi kasallik odamlarda vahima uyg‘otmoqda, bundan esa xakerlar foydalanib qolishyapti: ular epidemiya to‘g‘risida bo‘lar-bo‘lmas axborotlarga giperhavollarni tarqatishyapti, aslida bu havolalar ostida zararli dasturlar yashiringan.

Ekspertlar noma’lum manbalardan kelgan xabarlar va videoroliklardan, har qancha qiziq tuyulmasin, hushyor bo‘lishni va faqat ishonchli saytlarga kirishni tavsiya etishmoqda. Shunda ham qiziqishingiz ustun kelib, shubhali saytlarga kiradigan bo‘lsangiz kompyuteringizga virus tushishi va shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘g‘irlatib qo‘yishingiz hech gap emas.

E’tibor bering!

Avvalo faylning formatiga qarang. Masalan, bezarar fayllar va videoroliklarning nomlarida .exe yoki .lnk so‘zlari bo‘lmaydi. Tekshirilgan fayllar odatda .docx, .PDF yoki .mp4 formatida bo‘ladi. Biroq hatto shu fayllarda ham viruslar uchrab turadi.

Hozircha xakerlarning o‘ntacha giperhavolasi fosh etildi. Ammo, ekspertlarning fikricha, koronavirus, tobora keng tarqagani sayin, butun dunyoda yangiliklar bosh mavzusi bo‘lib qolaveradi, bundan xakerlarning «kuni tug‘ishi» turgan gap.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring