Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kompaniya xodimlari muntazam jismoniy mashqlar uchun mukofotlanadi

Kompaniya xodimlari muntazam jismoniy mashqlar uchun mukofotlanadi

Ilgari Xitoydagi  «Dongpo Paper»  kompaniyasi xodimlari  yutuqlari uchun mukofotlanishgan bo‘lsa, endi ular sport bilan shug‘ullanganliklari uchun rag‘batlantiriladi.

Kompaniyaning rahbari Lin Chjiyen jismoniy faoliyatni yaxshi ko‘radi va xodimlarga ham xuddi shunday sportga muhabbatni singdirishga harakat qiladi. Endi u maxsus mobil ilova yordamida xodimlarning oyiga necha kilometr yugurishini kuzatish imkoniga ega. Biroq, yugurish tog‘larda yurish yoki shunchaki piyoda yurish bilan almashtirilishi mumkin. Shunday qilib, agar xodim oyiga 50 kilometr yugursa, u to‘liq oylik bonus oladi, 40 kilometr uchun – 60 foiz va 30 kilometr uchun 30 foiz pul mukofoti oladi.

Ushbu kompaniyaning tashabbusi maqtovga loyiq bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik hali ham bu mukofot tizimini biroz adolatsiz deb hisoblashmoqda. Axir kasallik tufayli bunday jismoniy faoliyat bilan shug‘ullana olmaydigan odamlar ham borku. Ularning faqat boshqa mezonlarga ko‘ra mukofotlanishiga umid qilish mumkin xolos.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring