Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida korrupsiya yuqori — Prezident
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida mablag‘larni samarasiz ishlatish, budjet mablag‘larini talon-toroj qilish, qolaversa korrupsiyaviy omillar ancha yuqori. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev videoselektor davomida ma’lum qildi.
Davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, o‘tgan 2 yil davomida sohaning 100 ga yaqin mansabdor shaxslari korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgani uchun javobgarlikka tortilgan.
«Masalan, Andijon uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi rahbarlari 240 million so‘m, Namangan «Ta’mirlash tiklash xizmati» korxonasi mansabdorlari 250 million so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan, Surxondaryo Suv ta’minoti boshqarmasi xodimlari 540 million so‘m mablag‘larni o‘zlashtirib yuborgan», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter