Komil Allamjonov Germaniyaning nufuzli kompaniyasi mintaqaviy direktori bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov Germaniyaning «Heidelberg» kompaniyasi vakillari, Sharqiy Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Jozef Mozer bilan uchrashdi. Bu haqda agentlik rahbari o‘zining «Facebook»dagi sahifasida xabar qoldirdi.
Aytilishicha, matbaa va poligrafiya uskunalarini ishlab chiqaruvchi «Heidelberg» kompaniyasi jahon bozorining deyarli yarmi (50 foizi)ni egallagan, dunyoning 170 davlatida 250 ta o‘z tarmog‘iga ega.
Uchrashuv davomida «Heidelberg» kompaniya vakillari Agentlik tizimidagi nashriyotlarning ishlab chiqarish texnikalari bilan tanishishdi, nashriyotlarning mavjud imkoniyatlarini o‘rgandilar.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Germaniya kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, yurtimizda poligrafiya sohasini yangi darajaga ko‘tarish, sohani tubdan qayta isloh qilish va ushbu yo‘nalishga tajribali mutaxassislarni jalb qilish borasida fikr almashildi va istiqboldagi rejalar keng muhokama qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter