Komil Allamjonov blogerlarni soliqchilardan himoya qilmoqchi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov blogerlar reklama uchun soliq to‘lashi kerakligi haqida tarqatilgan xabarlarga munosabat bildirdi. Eslatib o‘tamiz, bloger Aziz Ashurboyevning telefoni soliqchilar tomonidan olib qo‘yilgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Bunga Ashurboyev «Instagram»dagi sahifasida reklama bergani sabab qilib ko‘rsatilgan.
«Soliq idorasi xodimlari bloger Aziz Ashurbayevning telefoni va uning «Instagram» tarmog‘idagi sahifasi olib qo‘ygani haqida ma’lumot kelib tushdi. Davlat soliq qo‘mitasidan ushbu holatni o‘rganib, agarda inspektorning xatti-harakati qonunga zid bo‘lsa, chora ko‘rilishi talab qilinadi.
Soliqchilarimiz blogerlarni soliqqa tortish yoki ularga qarshi yuqoridagidek zo‘ravonlik qilishdan avval tizimdagi korrupsiyani yo‘qotish, xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashish kabi eng dolzarb muammolarni hal etsalar, jamiyatga va iqtisodiyotga ko‘proq foyda keltirgan bo‘lar edilar.
Shuni alohida ta’kidlashni istar edimki, yurtimizdagi barcha jurnalist va blogerlar Agentligimiz himoyasi ostida. Ularga nisbatan har qanday noqonuniy xatti-harakatga qarshi turishga tayyormiz!» – deya yozadi Allamjonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter