Kolumbiyada prezidentlikka nomzod shaxs otib tashlandi

Kolumbiyada 15 yoshli o‘smir prezidentlikka nomzodga qarata o‘q uzdi.
Suiqasd Bogotadagi saylovoldi mitingi chog‘ida, Migel Uribe o‘z tarafdorlari oldida nutq so‘zlayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.
O‘smir 39 yoshli nomzodning orqa tomoniga olti marta o‘q uzgan. O‘qlardan biri senatorning boshiga tegib, yana ikki kishi yaralangan. Uribe hozirda og‘ir ahvolda qolmoqda.
Uribe qo‘riqchilari hujumchiga qarata o‘q uzib, uni yaralagan va hibsga olgan.
Prezident Gustavo Petro va hukumatning boshqa a’zolari allaqachon zo‘ravonliklarni qoralagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter