Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ko‘k ustun» nemislarga nega kerak?

«Ko‘k ustun» nemislarga nega kerak?

Foto: «Toll Collect GmbH»

Xuddi bizda hozir yo‘l bo‘ylariga juda ko‘plab fotoradarlar o‘rnatilayotgani kabi, Germaniyada ham federal yo‘llar yoqalariga «ko‘k ustun»larni o‘rnatish avj olgan. Haydovchilar hayron, chunki bular ham mashinani suratga oladi, biroq tezlikni oshirganlik uchun jarima xatlari hali hech kimga kelgani yo‘q. Savol tug‘iladi: ular nima vazifani bajaradi?

Keyingi oydan, aniqrog‘i, 1-iyuldan Germaniya yo‘llari chetiga o‘rnatilgan «ko‘k ustun»lar ishga tushadi, deb xabar bermoqda «T-online.de» sayti. «Ko‘k ustun»larga yengil mashinalar haydovchilari parvo qilishmasa ham bo‘ladi, chunki bular yuk mashinalari uchun mo‘ljallangan.

«Toll Collect» jamoatchilik tashkiloti o‘z saytida xabar berishicha, Yo‘l harakatini boshqarish markazi «ko‘k ustun»lar olgan suratlar asosida tegishli yo‘l bojini to‘lagan-to‘lamagan yuk mashinalarini aniqlab boradi.

«Ko‘k ustun»lar bir qancha federal yo‘llar: Ver—Laxengraben, Hedemyunden—Vitsenhauzen, Kryogis—Zoppen, Bitburg—Maylbryuk dam olish zonasi yo‘nalishlarida, shuningdek, Surov atrofida dastlabki sinovdan o‘tadi.

Germaniya transport vazirligi jami 600 ta «ko‘k ustun» o‘rnatishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tish kerakki, Germaniyada umumiy og‘irligi 7,5 tonnadan yuqori barcha transport vositalari alohida yo‘l bojini to‘lashlari shart.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring