Koinotdagi eng qorong‘i sayyora aniqlandi
«Astronomlar butun koinotdagi eng qorong‘i sayyorani topishdi. U taxminan 99 foiz yorug‘likni yutadi», — deb yozmoqda «Gazeta.Ru».
«WASP-104b» deb nomlangan ushbu sayyora «qaynoq yupiterlar» – massasi Yupiterga teng, harorati 2700 ºC bo‘lgan gazli gigantlar guruhiga kiradi. Ulardan ko‘pchiligi 40 foiz yorug‘liknigina qaytaradi. Bundan avval eng qorong‘i sayyora bir foizdan kam yorug‘lik qaytaruvchi Ajdar yulduzlar tizimidagi «TrES-2 b» edi.
Aytilishicha, «WASP-104b» 2014 yilda topilgan va dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 60 foiz yorug‘likni yutadi deb hisoblangan. Ammo yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, natriy va kaliyga boyligi sababli uning sathi aslida 97-99 foiz yorug‘likni yutar ekan. Astronomlarning fikricha, aniqliklar kiritilgach, «WASP-104b» «TrES-2 b»dan qorong‘iroq bo‘lib chiqishi ehtimoli yuqori.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter