Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koinotda yangi turdagi nurlar topildi

Koinotda yangi turdagi nurlar topildi

Avstraliyada olimlar koinotda har 20 daqiqada miltillovchi nurning yangi turini topishdi.

The Guardian xabariga ko‘ra, Kertin universiteti jamoasi koinotdagi radioto‘lqinlar bo‘yicha tadqiqot o‘tkazgan.

Tadqiqotni boshqargan astrofizik, doktor Natasha Xerli-Uokerning aytishicha, millisekundlarda yoki soniyalarda miltillovchi yorug‘lik Pulsar (neytron yulduz) dan hosil bo‘luvchi supernova nurlaridan farqli ravishda har 20 daqiqada davriy tarzda takrorlanadi.

Yangi turdagi yorug‘likning manbasi noma’lum ekanligini ta’kidlagan Xerli-Uoker bu yorug‘likning taxminan 4 ming yorug‘lik yiliga yaqin masofadan kelganini ta’kidladi.

Tadqiqot natijalari Nature jurnalida chop etilgan va izlanishlar olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring