Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

An’anaviy lampalar tarixda qoladi: tunda yorug‘lik tarqatadigan o‘simlik yaratildi

An’anaviy lampalar tarixda qoladi: tunda yorug‘lik tarqatadigan o‘simlik yaratildi

Yorug‘lik tarqatuvchi o‘simlik.

Foto: «Nat-geo.ru»

Massachusets texnologiya institutining muhandislari o‘simliklarni xira nur tarqatishga «o‘rgatdi». Vaqt o‘tishi bilan bu kabi tirik fonarlar an’anaviy lampalarning o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Jahonda ishlab chiqariladigan energiyaning 20 foizga yaqini yoritish uchun ishlatiladi. Uning iste’moli, ayniqsa, qish kunlarida ortadi: masalan, AQShdagi rojdestvo chiroqlari butun boshli davlatlar bir yil davomida ishlatadigan energiyadan ko‘prog‘ini sarflaydi. Shuning uchun muqobil energiya manabini topish ilmiy izlanishlarning birlamchi masalalaridan biri.

O‘simliklarni dasturlashtirish bilan shug‘ullanuvchi Massachusets texnologiya institutining nanobionika sohasi mutaxassislari ularni yorug‘lik manbaiga aylantirishga qaror qildi. Bungacha ular o‘simliklarni qurg‘oqchilikni bashorat qilish va smartfonlarga kerakli ma’lumotlarni berib, portlovchi vositalarga munosabat bildirishga o‘rgatgandi.

Tajriba doirasida olimlar tanada kimyoviy reaksiyalar paydo bo‘lishiga olib keladigan eritmani yaratdi, uning natijasida energiya — yorug‘lik ajraladi. Eritmaning asosiy komponentlaridan biri lyusiferaza — yorug‘lik reaksiyalarini katalizatsiya qiluvchi fermentlar guruhi. Yaltiroq qo‘ng‘izlardagi lyusiferaza ko‘proq mashhur. Tajriba sifatida oddiy suv o‘ti (Nastúrtium officinále) o‘simligidan foydalanildi.

O‘simlik bargi va poyasi eritma fermentlari joylashtirilgan idishga solindi, shundan so‘ng idish ichidagi bosim oshirildi. Bu esa lyusiferaza eritmasiga uning ichki qismlariga kirib borish imkonini beradi. Tajribaning birinchi bosqichidayoq suv o‘tining barglari 45 daqiqa davomida yorug‘lik tarqatgan, shundan so‘ng olimlar ushbu vaqtni 3,5 soatga qadar uzaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Suv o‘tidan keyin tajriba rukolla, jingalak karamda va ismaloq ustida o‘tkazildi. Barcha holatlarda konsentratsiya zarralari o‘simlik uchun zaxarli bo‘lmadi.

O‘simlik tarqatadigan yorug‘lik — o‘qish uchun kerak bo‘ladigan yurug‘lik hajmining mingdan biriga teng. Biroq tajribaning muvaffaqiyatli o‘tgani ishlab chiqarish keng istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi. «Bizning g‘oyamiz — elektrga ulamanmagan holda yorug‘lik tarqatadigan stol lampasi», — dedi loyiha rahbari Maykl Strano. Ushbu texnologiyadan binolarni va ko‘chalarni yoritishda foydalanish mumkin bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring