Koinotda Oyning «qarindoshi» topildi
Astronomlar Yerning tabiiy yo‘ldoshi sanalgan oyga o‘xshash sayyora (kichik hajmli, uni asteroid deyish ham mumkin - tahrir) ni aniqladilar. Bu samoviy ob’yekt uzoq vaqtdan beri Mars orqasida yashiringan holda bo‘lgan. Bu haqida Britaniyaning eng mashhur nashrlaridan biri «The Times» yozgan.
Kengligi bir kilometrga yaqin asteroid bo‘lgan ob’yekt birinchi marta 22 yil oldin ko‘rinish bergan. Biroq, hozirgina batafsil tahlil ajoyib o‘xshashlikni aniqladi: u oy bilan bir xil materialdan pay obo‘lganga o‘xshaydi.
Ilmiy izlanishlarga ko‘ra, Oy va Yer va «Theia» deb nomlanuvchi sayyora o‘rtasidagi ulkan to‘qnashuvdan keyin paydo bo‘lgan degan taxminlar bor edi. Ikkinchi Oy deb faraz qilinayotgan sayyora ham aynan shu portlashda hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Bir nazariyaga ko‘ra, ushbu hodisa bizning dunyodan taxminan 4,5 milliard yil oldin bu kosmik qoldiqlar Oyga aylangan.
Asteroid oy nisbatan qisqa vaqt ichida yaratilganga ham o‘xshamoqda - ehtimol yosh oy boshqa bir katta portlash natijasidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter