Ko‘chat urug‘ini giyohvand modda degan IIO xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaroning IIO xodimlarining harakatidan noroziligi aks etgan video tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 26 yanvar kuni taxminan soat 03.00 larda Yunusobod tumanidagi «Uch qahramon» YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX va PPX xodimlari tomonidan 1994 yilda tug‘ilgan O.K. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina to‘xtatilgan.
«Haydovchi o‘zini shubhali tutganligi sababli avtomashina tekshirilgan hamda saloni ichidan yelim idishda giyohvand moddaga o‘xshash modda borligi aniqlangan. Haydovchi ushbu modda nima ekanligiga aniq javob bera olmaganligi sababli xodimlar tuman IIO FMBdan mutaxassislarni chaqirtirishgan. O‘rganish jarayonida ushbu modda oddiy ko‘chat urug‘i ekanligi aniqlangan, haydovchining harakatida qonun buzilishi holatlari bo‘lmaganligi sababli unga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilmagan», deyiladi rasmiy xabarda.
Hozirda xodimlarning harakatlari yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter