«Ko‘cha soliqchilari» janjali videosiga rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tumanida «ko‘cha soliqchilari» yo‘lni to‘sib olib, janjal qilayotgani aytilgan videolavha tarqaldi. Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 24 dekabr kuni soat 01:30 atrofida 20—33 yosh atrofidagi uch nafar shaxs Chimkent yo‘li ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat do‘koniga xarid uchun kirgan. U yerda «Sergeli» mahallasida yashovchi 25—31 yosh orasidagi uch nafar shaxs bilan o‘zaro navbat talashib, janjallashib qilgan.
Do‘kondan chiqqach, ular aholi tinchligini buzib, yo‘lning qatnov qismida bir-birlarining avtotransport vositalarini siqib to‘xtatib, janjalda davom etgan. Janjal vaqtida ikki haydovchidan boshqa shaxslar mastlik holatida bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, janjalda ishtirok etgan olti nafar shaxs ushlangan. Hozirda qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter