Kobul aeroportidan AQSh qo‘shinlari chekina boshladi

AQSh harbiylari Kobul aeroportini tark eta boshladi. Bu haqda bugun, 28-avgust kuni Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi ma’lum qildi.
«Biz (AQSh harbiylari) chekinishni boshladik», – dedi Kirbi.
Xabarlarga ko‘ra, hozirda Kobul aeroportida 4 mingdan kamroq amerikalik harbiy xizmatchilar bor.
Eslatib o‘tamiz, Kobul xalqaro aeroporti yaqinidagi portlashlarda AQSh harbiylari ham vafot etishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas