Klasterlarga paxtani arzonga sotmagan fermerlarga tuman sektor rahbarlari bosim o‘tkazyapti
Ayni daqiqalarda bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov paxta terimidagi qonunbuzilishlarni tanqid qildi.
«Klasterlar tomonidan ham salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilayotganligi to‘g‘risida ko‘plab e’tirozlar mavjud.
Klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga tuman sektor rahbarlari tomonidan bosim o‘tkazilayotganini qanday tushunish mumkin?
G‘aniyev Shuhrat Madaminovich, Voitov bu holatni ikki kun muddatda shaxsan o‘rganib, xalq orasida bunday noroziliklarni keltirib chiqarishga sabab bo‘ladigan sektor rahbarlari, klasterlar bo‘yicha taklif kiritinglar», — dedi Sardor Umrzoqov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter