KJCh. Bugun «Fluminense» – «Borussiya D» o‘yinini o‘zbekistonlik hakamlar boshqaradi

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida bugungi o‘yinlardan birini o‘zbekistonlik hakamlar boshqaradi.
Braziliyaning «Fluminense» va Germaniyaning «Borussiya Dortmund» klublari o‘rtasidagi F guruhi 1-turi bahsini boshqarish Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar guruhiga ishonib topshirilgan. Tantashevga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordamlashadi.
Ushbu bahs 17-iyun kuni AQShning Nyu-Jersi shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘yin mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da, Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter