Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In yuzlab koreyslarni «sovuqda qotirib» qo‘ydi

Kim Chen In yuzlab koreyslarni «sovuqda qotirib» qo‘ydi

Foto: AP

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In otasi Kim Chen Ir haqida uzoq nutq so‘zlab, yuzlab odamlarni sovuqda qoldirdi. Shu bilan birga, Kimning o‘zi va uning sheriklari sahna ostiga yashirilgan isitgichlardan foydalangan. Bu haqda Daily Mail ma’lum qildi.

Kim Chen In otasi Kim Chen Ir tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan 30 daqiqalik nutq so‘zlagan paytda havo harorati 15 daraja sovuqqa yetgan. Shu vaqt ichida yig‘ilganlar qo‘lqopsiz, sharfsiz va bosh kiyimsiz tik turishgan.

Ba’zi muxbirlar sahnadagi qizil gilam ostidan o‘tayotgan katta sim to‘plamini payqab, ular kommunistik davlat elitasini issiqlik bilan ta’minlash uchun ishlatiladigan isitgichlarga olib kelgan, deb taxmin qilishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring