Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi

Kim Chen In urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi

AQSh tomonidan provokatsiyalar soni ortib borayotgani va qarama-qarshilik kuchaygani sababli Shimoliy Koreya armiyasi ehtimoliy urushga tayyorgarlikni tezlashtirishi kerak. Bu haqda Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi plenumida aytib o‘tdi.

Shimoliy Koreya rahbari ta’kidlaganidek, bu ko‘rsatma «Koreya yarim orolidagi jiddiy siyosiy va harbiy vaziyatni chuqur tahlil qilish asosida» berilgan.

Shuningdek, Pxenyan tayyorgarlik doirasida «antimperialistik blok mamlakatlari» bilan aloqa va hamkorlikni kuchaytirish niyatida ekanligi qayd etilgan.

Avvalroq Kim Chen In 2023 yil yakunlarini sarhisob qilib, Shimoliy Koreyaning birinchi razvedka sun’iy yo‘ldoshi uchirilgani va yangi yadroviy ballistik raketalarning muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani KXDR mudofaasi va xalqaro nufuzi uchun katta muvaffaqiyat ekanini ta’kidlagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring