Kim Chen In Rossiya tomon poyezdda yo‘lga chiqdi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bugun, 11 sentyabr kuni Pxenyandan Rossiyaga poyezdda jo‘nab ketdi va u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Bu haqda Janubiy Koreyaning YTN telekanali hukumatdagi yuqori martabali manbaga tayanib xabar berdi.
Unga ko‘ra, hozir Shimoliy Koreya yetakchisi poyezdda chegaraga yo‘l oladi.
YTN aniqlik kiritishicha, ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi 13 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Buni Rossiya delegatsiyasidagi manba tasdiqlagan.
The New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Rossiyadan sun’iy yo‘ldoshlar va yadroviy suv osti kemalari uchun ilg‘or texnologiyalar, shuningdek, oziq-ovqat yordami olishni xohlaydi. Peskov nashrga izoh berishdan bosh tortgan. «Bu mavzuda sizga aytadigan hech narsamiz yo‘q», degan u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter