Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreyada Amerika burgerlari sotilishiga ruxsat berildi

Shimoliy Koreyada Amerika burgerlari sotilishiga ruxsat berildi

Foto:«Daily Express»

«Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In mamlakat poytaxti Pxenyanda burgerlar sotiladigan restoran ochilishiga roziligini bildirdi», — deya xabar bermoqda «Segodnya.ua» nashri NBC telekanali xabariga asoslanib.

Telekanalning ta’kidlashicha, shu yo‘l bilan Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Trampga xayrixohligini bildirib qo‘ymoqchi.

Shu bilan birga, MRB Shimoliy Koreyaning yadroviy quroldan voz kechish niyati yo‘qligini aytmoqda.

27-may kuni AQShning yuqori martabali amaldorlari delegatsiyasi Shimoliy Koreyaga borib ikki davlat rahbarlarining bo‘lajak uchrashuvi haqida muzokara o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In va Donald Tramp o‘rtasidagi uchrashuv shu yilning 12-iyun kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring